Xalq boyliklarini yeb tugatayotganlar

Rus tanklaridan xavfliroq rus oligarxlari haqida

Kecha Aleksey Navalniy Yevropa Parlamentida chiqish qilib rossiyalik oligarxlarga personal sanksiyalar joriy qilishga chaqirdi.

Gap shundaki, Putin hokimiyatining cho‘ntaklari bo‘lgan rus oligarxlari yillar davomida mamlakatni talab keladi va o‘g‘irlagan pullarini Yevropada sarflashadi, aktivlarga egalik qilishadi, siyosatchilarni sotib olishadi.

O‘tgan epoxada Kreml oligarxlarining O‘zbekistonga kirishi tugul, yaqinlashishiga yo‘l qo‘yilmagan. Va bu juda to‘g‘ri qaror bo‘lgan. Chunki juda yaxshi tushunilganki, ularning ishi yaratish va o‘sishni taʼminlash emas, talash, o‘g‘irlash va egallab olish, ayni paytda Kremlning moliyaviy bosim agenti funksiyasini bajarish bo‘lgan xolos,

Ular xuddi chigirtkalardek, qayerda paydo bo‘lsa, o‘pirib, ship-shiydam qilib ketishadi.

Afsuski, balki uzoqni ko‘ra bilmaslik yoki ular o‘zini bag‘rikeng metsenat sifatida taqdim etishlariga aldanibmi, yangi davrda rus oligarxlarini O‘zbekistonga suqilib kirishiga yo‘l qo‘yib berildi. Biz buning oqibatlari zahrini hali uzoq tortamiz, to‘lovi juda qimmatga tushadi.

Lekin hali ham kech emas. Toki kech bo‘lmay, xatolarni o‘nglash mumkin. Doimo yodda tutish kerakki, ular uchun Vatan va Millat yo‘q, ular hamma narsani egallab olinadigan va keyin sotib yuboriladigan o‘lja sifatida ko‘rishadi.

Yana bir blogerning shu haqda kuyunishi…

Hududlardagi poraxo‘r amaldorlarning hibsga olinishi va ular bilan topilgan boyliklarning ro‘yxati to‘g‘risidagi yangiliklarni o‘qiganingizda, biz Qatarning baʼzi shayxlari yoki qashshoq Rossiyaning ichki qismidan o‘rtacha darajadagi amaldorning boyligi haqida gap ketayotganini darhol anglamaysiz. Hibsga olishdan oldin Tomsk meri xotiniga uni oldiga “ular” kelganligini aytishga muvaffaq bo‘ldi. Hokimning rafiqasi esa, haydovchini chaqirdi va unga qariyb 1,3 milliard rubl mablag‘i bo‘lgan rus va shveysariya bank kartalari bilan to‘ldirilgan yostiqni derazadan tashladi. Umuman olganda, rasmiylar Kleinlar oilasining shaxsiy hisob raqamlarida 7 milliard rubldan ortiq pul topdilar.

Yetti milliard! bu shahar hokimi bilan, rus tilida aytganda – mamlakat bo‘ylab yuzlab odamlar yashayotgan oddiy shahar menejeri (ish boshqaruvchisi).

Bu biz topa olgan narsalar va qancha mablag‘ sarflangan va xavfsiz tarzda yashiringan, hatto tasavvur qilish qo‘rqinchli. Federal darajadagi yuqoridagidalar tomonidan berkitilgan mablag‘larni tasavvur qilish yana-da dahshatli: bu barcha generallar, vazirlar, inspektorlar, cheksiz bo‘limlarning boshliqlari. Ular Rossiyani shuncha asrlar davomida o‘g‘irlab kelmoqda biroq tugata olmayaptilar. Darhaqiqat, Rossiya naqadar boy!

P.S. blogerlar tomonidan tayyorlangan materialni to‘g‘rilamaslikka hamda ularning fikr va mulohazalarini tahrirlamasdan o‘quvchilarga o‘z holicha yetkazishni maʼqul topdik.