Qirg‘iziston: Japarov va aholi turmush tarzi…

Qirg‘izistonda go‘sht, o‘simlik moyi, tuxum va un narxlari osmonga ko‘tarilmoqda, ko‘pchilik baʼzi mahsulotlardan voz kechishga majbur, dedi Bosh vazir va muammolarga chora ko‘rishni talab qildi. (Hozircha faqat chora ko‘rishni talab qilmoqda, ish rejasi va takliflar haqida gap ketmayapti.)

Ijtimoiy tarmoqlardagi Yangi prezidentga nisbatan qarashlar negativligicha saqlanib qolmoqda, masalan: “Respublikaning yangi hamkori Japarov boshchiligidagi asosiy sherigi Rossiya bo‘lib qolmoqda, chunki mamlakat iqtisodiyotining asosiy o‘sish potensiali Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan bog‘liq. G‘arb esa korrupsiyaga qarshi kurashuvchi Sadirni dushmanlik bilan qabul qiladi.

Prezidentligining birinchi kunlaridanoq Amerika elchixonasi unga qarshi chiqdi. Diplomatik vakolatxona deyarli darhol uning bosh vazir etib tayinlanishini qoraladi.

Xitoy oldida ulkan qarzdor bo‘lgan Japarov Putinning oldiga bordi va bosh egib mamlakatni Kreml qo‘liga topshirmoqda.”

Darhaqiqat, inauguratsiya marosimidan so‘ng Japarov darhol, Rossiyaning “Gazprom” vakillari bilan ishbilarmonlik uchrashuvini o‘tkazdi. (Masala aniq. Rossiyaga qaramlik, asosan, Kreml bilan ishlashni davom ettirishdan boshqa imkoniyatlarni qoldirmaydi.)

Umuman olganda, mamlakat katta miqdorda mineral resurslarga egalik qiladi. Bu resurslar mamlakatning rivojlanishi hamda iqtisodiyotga turtki berishi mumkin, ammo uni beqaror siyosiy vaziyat ushlab turibdi. Doimiy ravishda hokimiyat sarmoyadorlardan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanib, o‘tgan tuzumlar tomonidan tuzilgan shartnomalarni qayta ko‘rib chiqish bilan tahdid qiladi.

Qirg‘izistonda pul bor. Respublikaning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzoligidan sotib olishning umumiy hajmi yiliga 3 milliard dollardan oshadi. Ammo qora bozor va bank tizimining nomukammalligi tufayli ular mamlakat taraqqiyoti uchun samarasiz foydalanilmoqda.

Demakki,Sadir Japarov Xitoyga Narindagi Jetim-Too konidagi xom ashyoni o‘tkazishni taklif qilishi ham shart emas. (Xitoy Qirg‘iziston hukumatiga berilgan qarzlarni to‘lash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishini so‘raganida, Japarov Xitoyga Narindagi Jetim-Too konidagi xom ashyoni o‘tkazishni taklif qilgan edi. Ushbu kon eng katta qora va rangli metallarning zaxiralariga ega bo‘lib, taxminiy hisobda 80-100 milliard dollarga baholanadi.)

P.S.Doimiy ravishda geosiyosat darsliklarida qayta-qayta takrorlanib keladigan bir tushuncha bor. “Inqiloblar orqali kelgan (yoki shakklangan) hokimiyatda mamlakatni strategik rivojlantirish bo‘yicha aniq rejalari bo‘lmaydi”. Bu tushuncha naqadar dolzarb va haqiqatga yuz foiz to‘g‘ri kelishini bir necha bor ko‘rdik.