Turk millatchilari yetakchisi tomonidan taqdim etilgan xaritada Rossiyaning bir qator hududlari, shu jumladan Sibir, sariq va to‘q sariq ranglar bilan belgilangan bo‘lib, hozirga qadar Anqara bu xarita bo‘yicha hech qanday izoh bermadi. Baxcheli Erdo‘g‘anga xaritani taqdim etayotgani aks etgan surat partiyaning Tvitterida (O‘zbekistonda bloklangan ijtimoiy tarmoq) eʼlon qilindi.
Xaritada Turkiya, Ozarbayjon, Turkmaniston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston qizil rang bilan belgilangan.
Shu bilan birga, Bolqon yarim orolining baʼzi mamlakatlari, Eronning bir qismi, Rossiyaning janubiy hududlari, shuningdek, Sibirning aksariyat qismi va Mo‘g‘ulistonning g‘arbiy qismi to‘q sariq rangda ko‘rsatilgan.
Oltoy, Yakutiya va Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni sariq rang bilan belgilangan. Nashr etilgan fotosuratning sarlavhasida ranglar nimani anglatishini ko‘rsatilmagan.
Bahcheli va Erdo‘g‘an Turkiya yetakchisining prezident saroyidagi uchrashuvi 45 daqiqa davom etdi. Muzokaralar yakunida bo‘yicha hech qanday bayonot berilmadi. Uchrashuvdan so‘ng Baxcheli saroyni tark etib, o‘z partiyasining qarorgohiga yo‘l oldi, deb yozadi Jumhuriyet nashri.
Eslatib o‘tamiz, 12 noyabr kuni Istanbulda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy kengash) sammiti bo‘lib o‘tdi, unda tashkilot nomini Turkiy davlatlar tashkiloti deb o‘zgartirishga qaror qilindi. Bundan tashqari, Turk dunyosining 2040 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan konsepsiyasi tasdiqlandi. Tashkilotga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston kiradi, Turkmaniston va Vengriya kuzatuvchi sifatida ishtirok etmoqda.
Bahcheli boshchiligidagi “Milliy harakat”partiyasi Turkiya parlamentida ko‘pchilik ovozga ega bo‘lgan Erdo‘g‘an boshchiligidagi hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasi bilan birga siyosiy ittifoqda xarakat qiladi.