Eng ko‘p Rossiyaga tashrif buyuruvchilar doimgidek O‘zbekistondan!

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida Rossiyada ishlash uchun eng ko‘p O‘zbekiston fuqarolari borgan – 3 054 180 kishi.

Ikkinchi o‘rinda – Tojikiston (1 597 481 kishi), Qirg‘iziston (623 465 kishi), Armaniston (298 801 kishi) va Ozarbayjon (185 752 kishi).

Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, o‘qish maqsadida O‘zbekiston (59 233 kishi), Tojikiston (58 964 kishi), Qozog‘iston (55 036 kishi), Turkmaniston (34 955 kishi) va Misr (32 473 kishi) rezidentlari ko‘proq kirib kelgan.(bu yo‘nalishda ham birinchilardanmiz)

Undan tashqari biznes maqsadida Rossiyaga borganlar soni Xitoy fuqarolari 11 235 kishini, o‘zbekistonliklar 10 389 kishini tashkil etmoqda.