Tolibon chegaraga keldi, Tojikiston nima qiladi?

Afg‘onistondagi Tolibon harakati Tojikiston bilan chegarani Sherxon-Bandar postini qo‘lga oldi. Afg‘on qochoqlari (ular orasida rasmiy shaxslar ham bor) chegaradan qo‘shni mamlakat hududiga o‘tdilar.
Tojikiston hukumati 10 mingdan ortiq qochoqni qabul qilishga tayyor. Tog‘li Badaxshondagi chegara qo‘shindari esa ancha oldin yuqori tayyorgarlik holatiga keltirilgan edi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Tojikiston qurolli kuchlari va Tolibon harakati o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berish ehtimoli past, chunki Tolibon qo‘shni mamlakat hududiy yaxlitligiga tahdid solmaydi.Ularning asosiy maqsadi Afg‘onistonning butun hududini o‘z nazoratiga olib islom halifaligini tiklashdir. Biroq, hech qanday kafolat yo‘q.

Bir narsa aniq, kecha Tojikiston va Qozog‘iston prezidentlarining telefon orqali suhbatida mazkur masala asosiy mavzu bo‘lgan.

Prezidentlar qo‘shma, qolaversa harbiy-siyosiy yo‘nalishdagi harakatlarni ikki tomonlama va ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida amalga oshirishga kelishib oldilar.