Xitoy katta o‘yin qildi Rossiyaga, Ukrainaga kirguncha uni qo‘llashiga ishontirib, undan кейин chiroyli ravishda ortga chekindi, siyosatda do‘stik yo‘qki zotan. Rossiyani eng ishongan hamkori bo‘lgan Хитой ham uni o‘zgalarni qo‘li bilar zaiflanishini mazza қилиб tomosha qilmoqda. Buyuk Россия halqaro maydonda mutlaqo yakkalanib qoldi, Eron ham masofa saqlamoqda, chunki yillar davomida sanksiya balosidan holdan toyib, endi qutulay деб turganida, qayta sanksiyalar yomg‘iriga tutilishni aslo hohlamaydi, bu xatoni qilmaydi ham. Shu sabab, bu safar Rossiyani qo‘llashda juda ehtiyotkorona yo‘l tutmoqda. Russlarga yon bosib keskin chiqishlar qilishdan tiyilib betaraf rejimga o‘tib oldi.
Rossiyani harbiy tomondan qo‘li baland kelayotgan bo‘lsada, geosiyosiy taktikada qattiq yanglishdi…
Ukrainaga mazlum statusi berilib, atrofida butun dunyo gegemonlari yig‘ilib maksimal dastak bera boshlash fonida, AQSH boshchiligidagi ittifoqdoshlari, makkor yengilmas uddaburon siyosiy kuchli o‘yinchi bo‘lgan Rus ayig‘ini zanjirband qilishni uddasidan chiqmoqda….
Tarixda kuchli va buyuk siyosatchilar ham alal oqibatda bitta katta xatoga yo‘l qo‘yib, oxirida sharmandalarcha nom qoldirib, бор hurmatini to‘kib, mutloq mag‘lubiyat bilan siyosiy ambitsiyasini tugatishgan holatlar juda ko‘p bo‘lgan. Putin Liviya va Siriya, Iroqdagi qonli to‘ntarilishlardagi oqilona pozitsiyasi sabab xalqaro maydonda, dunyo hamjamiyati oldida ancha obro‘sini tiklab olgandi. Ammo Ukraina masalasi Putinni бор but obro‘sini mutloq yer bilan yakson qilib, vahshiy «Gitler 2» degan tamg‘a yorlig‘ini yopishtirdi. Har hikoyani, har iqtidorni, har davri davronni bir yakuni бор albatta. Putinni butun dunyo oldida obro‘si yakson bo‘ldi, o‘zini o‘zi tuzoqqa tiqdi. Menimcha Rus ayig‘i hikoyasi ham o‘z yakuniga yetmoqda?! 🤔
Markaziy Osiyoga esa Rossiyani zaiflashishi manfaat keltirmaydi aslo, sababi oddiy, Хитой kuchayadi. Markaziy Osiyoni Россия “o‘ziniki” deya hisoblashigina, Xitoyni jilovlab turardi. Agar Россия zaiflashsa, Хитой ajdari xavfi ostida qolishimiz xavfi bundanda dahshatliroq! Hohlaymizmi yo‘qmi bizni geografik hududiy joylashuv sabab biz kabi kichkina davlatlar qaysidir gegemonni “himoyasi, otalig‘i” ostida bo‘lish boshqa bir gegemonni xavfidan saqlashga xizmat qiladi, shunday yashashga mahkummiz, boshqacha bo‘lmaydi, chunki Amir Temur imperiyasi kabi buyuk imperiya emasmiz. Turkiy davlatlar birlashuvi ham amalga oshmaydigan quruq safsata, zero hech qachon turkiylar birlashishiga na Россия va na Хитой va na AQSH qo‘yib bermaydi.
Xullas Putin juda katta tuzoqqa tushdi. Rossiyani bu sanksiyalar tuzog‘idan chiqib ketishni yagona yo‘li menimcha hukumat o‘zgarishi bilan amalga oshsa kerak, aks holda bu krizis Россия iqtisodini mutloq holdan toydirib mamlakatda ichki isyonlar keltirib chiqarishni boshlaydi. Takror aytaman men shaxsan Putinni bosqinchilik siyosatini qattiq qoralayotgan bo‘lsamda, Rossiyani siyosiy sahnada zaiflashishi tarafdori emasman! Rossiyani zaiflashuvi MO mintaqasini Xitoyni oyog‘lari ostiga o‘lja қилиб uloqtirilishiga zamin yaratadi?! Gegemon davlatlarni kuchlar balansi buzilishi biz kabi kichik davlatlarni stabil turgan xavfsizlik muvozanatiga salbiy tarafdan katta taʼsir ko‘rsatadi. Boz ustiga Tolibon balosi ham yonma yon turibdi. Bu mintaqani boshiga bitgan eng katta balo… Shu sabab, Россия hukumati bosqinini qoralayotganimizni qoralamang, shu bosqin bo‘lmaganida Россия ham iqtisodiy qamal holatida tipirchilab boshi berk kritik etapga kelmagan, kuchlar muvozanati ham izdan chiqmagan bo‘lardi, Xitoyni xavfini to‘suvchi Россия “Buyuk Rossiya” maqomidan ayrilmagan yohud bu maqomga putur yetmagan bo‘lardi…?!