Rossiya reklama bozorida milliardlab yo‘qotishlar bo‘ladi

Rossiyadagi eng yirik 30 ta reklama beruvchining yarmidan ko‘pi xorijiy brendlardir.

• 16 tadan 13 tasi Rossiyadan chiqish va biznesni to‘xtatishini eʼlon qilgan. Shu jumladan barcha turdagi reklamalarini olib tashlashini ham maʼulm qildi.

• Mavjud maʼlumotlarga asoslangan dastlabki prognozlarga ko‘ra, reklama bozori kamida 51 milliard rubl (bugungi kunda 442 million dollar) yo‘qotadi. Bu faqat eng yirik reklama beruvchilar orasida.

• Rossiya bozorini boykot qilishga qo‘shilgan kompaniyalar orasida Nestle, PepsiCo, Procter&Gamble, Volkswagen, L’Oreal, Mars, McDonald’s, Bayer va boshqalar bor