Rossiya Markaziy Banki 9 martdan 9 sentyabrga qadar vaqtinchalik tartib joriy etdi. Unga ko‘ra fuqarolarga naqd valyuta sotishni taqiqlanadi. Lekin valyutani rublga almashtirishda hech qanday cheklov yo‘q.
Shuningdek, fuqarolar banklardagi valyuta hisobvaraqlaridan 10 ming dollardan ortiq valyuta yecha olishmaydi. Bundan ko‘proq summa yechmoqchi bo‘lganlarga mablag‘lar faqat rublda beriladi.
Boshqa valyutalar oldi sotdisi bozor kursi bo‘yicha amalga oshirilaveradi.
Regulyatorning aniqlik kiritishicha, hozirda Rossiya banklarining 90% mijozlari valyuta hisoblarida 10 minggacha bo‘lgan mablag‘larga egalar.